APLda oyning eng yaxshi murabbiyi sovriniga da'vogarlar ma'lum bo'ldi.

Dekabr oyi yakunlari bo'yicha mukofotga 4 nafar mutaxassis nomzod bo'ldi.

Mikel Arteta ("Arsenal") - 6 o'yin, 5 g'alaba, 1 mag'lubiyat, to'plar nisbati - "+7";

Unai Emeri ("Aston Villa") - 6 o'yin, 5 g'alaba, 1 mag'lubiyat, to'plar nisbati - "+2";

Pep Gvardiola ("Manchester Siti") - 5 o'yin, 5 g'alaba, to'plar nisbati - "+11";

Daniel Farke ("Lids") - 5 o'yin, 2 g'alaba, 3 durang, to'plar nisbati - "+5."

Mukofot sohibi muxlislar va ekspertlarning ovoz berish natijalariga ko'ra aniqlanadi.