Arteta Gabriel va Xolandning dueli haqida gapirdi

"Arsenal" Angliya Premer-ligasining 5-turida o'z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qiladi.
Chempionlikka da'vogar ikki jamoa o'rtasidagi uchrashuv oldidan jurnalistlar "kanonirlar" etakchisi Mikel Artetadan markaziy himoyachi Gabriel dos Santos va mavsumni ajoyib boshlagan "shaharliklar" hujumchisi Erling Xoland o'rtasidagi duel haqida fikr bildirishni so'rashdi.
"Gabriel dunyodagi istalgan odamga qarshilik ko'rsata oladi. U o'yinning himoya qismini: kurashni, jismoniy aloqani chinakamiga qadrlaydiganlardan. Gap shunga borib taqalganda, u mamnuniyat bilan o'zini ko'rsatishga harakat qiladi. Juda qadrli fazilat," - deya londonliklar ustozining so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.