Londonning «Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta «PSJ»ga qarshi Chempionlar ligasi finali taqdirini hal qilgan Gabriel dos Santosning noaniq zarbasi haqida o'z fikrini bildirdi.

Jamoalar 120 daqiqalik o'yindan so'ng g'olibni aniqlay olishmadi (1:1), penaltilar seriyasida esa «kanonirlar» imkoniyatni boy berishdi (3:4). Hal qiluvchi xatoga yo'l qo'ygan Gabriel to'pni darvoza to'sinidan yuqoriga yo'lladi.

«U beshinchi bo'lib zarba berishni istadi. Biz ushbu lahzaga tayyorgarlik ko'rgan edik, mashq qilgandik. Boshqa vaziyatlarda nuqtaga Saka, Edegor yoki Xaverts kelardi. Agar ish penaltilar seriyasigacha etib borsa, ijrochilar o'zgarishi mumkinligini bilardik, ammo biz barcha futbolchilarimizga ishonamiz. Mashg'ulotlarda Gabriel umuman xato qilmaydi, biroq bunday mas'uliyatli damda penalti tepish — bu umuman boshqacha narsa. Afsuski, bizga aniqlik va samaradorlik etishmadi», — deya Artetaning so'zlaridan iqtibos keltiradi Arsenal Radar.