"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar Ligasi doirasida "Benfika"ga qarshi o'yinda (1:0) "Real Madrid" vingeri Vinisiusga qaratilgan irqchilik mojarosi haqida fikr bildirdi.

"Bunday holatlarda nima qilish kerakligi haqida mavsum boshlanishidan oldin Premer-liga yoki UEFA bilan uchrashuvlar o'tkazamiz, protokollar tuzib olinadi. 

Shubhasiz, futbolda irqchilikka o'rin yo'q. Menimcha, biz bu tamoyilga amal qilishimiz kerak", dedi Mikel Arteta.