Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta futbolchilarning Premer-liga doirasida «Bornmut»dan qabul qilingan o'z uyidagi mag'lubiyatga (1:2) nisbatan munosabati haqida gapirdi.

«Futbolchilarning «Bornmut»dan uchralgan mag'lubiyatga ko'rsatgan reaktsiyasi menga manzur bo'ldi. O'yindan so'ng hamma yig'ildi, vaziyatni birgalikda tahlil qildik, barcha gaplar bir-birimizning yuzimizga ochiq aytildi va tegishli choralar ko'rildi. Endi biz ushbu so'zlarni amalda isbotlashimiz kerak», — deya Artetaning so'zlarini keltirmoqda jurnalist Fabritsio Romano.