Arteta Dyokereshning "Tottenxem" bilan o'yindagi dublidan so'ng uning ruhiyati haqida gapirdi

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta hujumchi Viktor Dyokereshning o'yini borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Shvetsiyalik futbolchi joriy mavsum davomida gol urish borasidagi ko'rsatkichlari yuqori bo'lmagani sababli tez-tez tanqidlarga uchrab turgan edi. Biroq yaqinda bo'lib o'tgan «Tottenxem»ga qarshi derbida hujumchi dubl qayd etishga muvaffaq bo'ldi.
«Viktor o'ziga bo'lgan ishonchni oshirdimi? Ishonch — har qanday inson uchun fundamental ustundir. Qachonki sizni qadrlashayotganini, qo'llab-quvvatlashayotganini va sizga ishonishayotganini his qilsangiz, kutilgan darajaga chiqish ancha osonlashadi. Menimcha, hozir Dyokeresh uchun aynan shunday lahzalar keldi — u bu qo'llab-quvvatlashni his qilmoqda. Albatta, bu uning o'yiniga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda», — dedi Arteta matbuot anjumanida.
Ma'lumot uchun, Viktor Dyokeresh joriy mavsumda barcha turnirlarda 36 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.