Arteta Dyokereshning joriy mavsumdagi o'yinlariga baho berdi

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta "kanonirlar" hujumchisi Viktor Dyokereshning joriy mavsumdagi o'yinlariga baho berdi.
Mutaxassis shvetsiyalikning "Arsenal"dagi o'yinidan mamnun ekanini aytdi.
"U juda o'ziga ishongan yigit, juda mehnatkash. U bilan ishlash juda yoqimli. U jamoaga juda ko'p narsa beradi, hozircha u hali ham o'z imkoniyatlari chegarasidan ancha uzoqda harakat qilmoqda", - deya Artetaning so'zlarini keltiradi ESPN.
Eslatib o'tamiz, Dyokeresh yozda "Sporting"dan 73,5 mln evro evaziga "Arsenal"ga o'tgan edi. Ingliz klubi libosida u barcha turnirlarda sakkizta o'yin o'tkazib, uchta gol urgan.