Arteta: "Dyokereshga shunchaki maqtov kerak edi"

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaning shvetsiyalik hujumchisi Viktor Dyokeresh haqida gapirdi.
"U bilan ikki golidan keyin gaplashishga hojat yo'q edi. Unga shunchaki maqtov kerak edi, shunchaki unga qarab, o'yindan keyingi baxtiga qoyil qolish kerak edi.
O'ylaymanki, barchamiz juda xursand edik, u bunga loyiq edi", - deya Artetaning so'zlaridan iqtibos keltiradi "Arsenal" rasmiy veb-sayti.