Arteta Dyokeresh va Sakaning o'zaro bog'lami haqida gapirdi

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta hujumchi Viktor Dyokeresh va vinger Bukayo Sakaning maydondagi hamkorligi haqida o'z fikrlarini bildirdi. Shvetsiyalik va ingliz futbolchilari Premer-liga doirasida shanba kuni «Fulxem»ga qarshi kechgan bahs qahramonlariga aylanishdi: birinchisi dubl qayd etib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan bo'lsa, ikkinchisi o'z hisobiga bittadan gol va assist yozdirib qo'ydi.
Uchrashuv «to'pchilar»ning 3:0 hisobidagi ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi.
«Dyokeresh va Saka dueti? Afsuski, jarohatlar sababli ular birgalikda u qadar ko'p o'ynashmadi, lekin ularda o'zaro tushunish darajasi yuqori. Bugungi o'yinda ularning hamkorligi menga juda manzur bo'ldi», — dedi Arteta jurnalistlar bilan suhbatda.
5 may kuni «Arsenal» Chempionlar ligasi finaliga chiqishi mumkin — buning uchun o'z maydonida Madridning «Atletiko» jamoasini yarim final javob bahsida mag'lub etishi lozim (birinchi o'yin — 1:1).