London "Arsenal" jamoasining bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasining Bilbaoga tashrifi haqida fikr bildirdi.

"Biz Bilbaoga qo'ndik. Odatda San-Sebastyandagi uyimga qaytayotganimda shu erda bo'laman, bu shahardan bir soatlik masofada. Butun oilam o'sha erlik, va bu erda sen shunchaki ehtirosni, raqobatni, futbol muhitini his qilasan. Bu erda bo'lish ajoyib, men ilgari hech qachon bu stadionda bo'lmaganman, shuning uchun bu menga yaxshi tajriba bo'ldi," - deya Artetaning so'zlarini "Arsenal" matbuot xizmati keltiradi.

Arteta millati bo'yicha bask bo'lib, San-Sebastyanda tug'ilgan. Biroq, u bu shaharning asosiy klubi "Real Sosedad"da atigi bir mavsum to'p tepgan.