Arteta bir muxlisning iltimosini e'tiborsiz qoldirdi

"Arsenal" va "Uigan" o'rtasidagi kubok bahsidan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda video tarqaldi.
London jamoasi bosh murabbiyi stadion yaqinida tirbandlikda qolib ketgan va bir muxlis uning mashinasiga yaqinlashgan.
U Artetadan o'z futbolkasiga imzo chekishni so'radi va bu uning o'g'li uchun ekanligini aytdi. Arteta mashina oynasini tushirmadi.
Murabbiy avval bosh irg'adi, keyin muxlisni e'tiborsiz qoldirdi.