Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jarohat olgan hujumchi Kay Xavertsning holati haqida gapirdi.

"Xavertsning qaytishiga hali bir necha hafta bor. Biz hammamiz uni intizorlik bilan kutyapmiz. Bu shaxsan men jamoaga qo'shgan hissasi, xarakteri va o'ziga xosligi uchun juda yaxshi ko'radigan o'yinchi. U tarkibdan tashqarida qanday azob chekayotganini ko'rib turibman," - deya Artetaning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.

Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 26 yoshli Xaverts faqatgina bitta o'yinda ishtirok etdi.