Arteta "Arsenal"ning qiyin g'alabasiga izoh berdi

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta "Vulverxempton"ga (2:1) qarshi o'yindan keyingi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu Amerika tog'lari edi. O'yin davomida "Vulverxempton"ga umid berdik, tezroq harakat qilishimiz va ko'proq tavakkal qilishimizga to'g'ri keldi. Birinchi goldan keyin bir muddat juda passiv o'ynadik, juda chuqur himoyalandik.
O'yinchilarning yakundagi reaktsiyasidan mamnunman, ammo bugun etarlicha yaxshi o'ynamaganimizni bilamiz. Oxir-oqibat g'alaba qozonish yo'lini topganimiz juda quvonarli, ammo bizda ishlash uchun ko'p narsa bor," - deya Artetaning so'zlarini keltiradi BBC.
"Arsenal" 36 ochko bilan APL jadvalida birinchi o'rinda bormoqda. "Manchester Siti" bitta zaxira o'yini bilan 5 ochko ortda qolmoqda.