Arteta "Arsenal"ning jarohatlar bilan bog'liq vaziyati haqida fikr bildirdi

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta matbuot anjumanida ishtirok etdi. U jarohatlanganlarning ahvoli haqidagi savollarga javob berdi.
"Trossard bugun yana bir tekshiruvdan o'tishi kerak. Ko'ramiz, u o'zini qanday his qilarkin. Uning yakshanba kuni o'ynash imkoniyati bormi? Potentsial imkoniyat bor.
Dyokeresh, Xaverts va Gabrielmi? Ertaga yangi kun va ular o'zlarini qanday his qilishlarini ko'ramiz," - dedi Arteta matbuot anjumanida.
Avvalroq, Dyokeresh, Xaverts va Gabriel dekabr oyida safga qaytishi haqida xabar berilgandi.