Arteta "Arsenal"ning jarohatlar bilan bog'liq muammolaridan xavotirda

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoadagi jarohatlar mavzusida fikr bildirdi.
Yakshanba kuni «kanonirlar» Angliya Kubogining to'rtinchi bosqichida «Uigan» ustidan yirik g'alabaga erishishdi (4:0). Uchrashuv yakunlangach, jurnalistlar ispaniyalik mutaxassisdan jarohatlar bilan bog'liq vaziyatdan xavotirdami yoki yo'qligini so'rashdi.
«Ha, chunki biz qiyin davrni boshdan kechiryapmiz. Avvaliga hujumchilar safdan chiqishdi, keyin — himoyachilar, endi esa yarim himoyachilar bilan bog'liq muammolar boshlandi. Biz hali ham vaziyatni nazorat qilyapmiz, lekin bizga sog'lom va tayyor o'yinchilar kerak», — dedi Arteta TNT Sports nashriga bergan intervyusida.
Chorshanba kuni «Arsenal» Premer-liga doirasida safarda «Vulverxempton»ga qarshi bahs olib boradi.