Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta 15 yoshli Maks Douman bilan ishlash taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

Yosh futbolchi "kanonirlar" safida premer-ligada debyut qilishga ham ulgurdi. Klub yangi yulduz bilan uzoq muddatli shartnoma imzolamoqchi.

"Maks Doumanning mashg'ulotlarda ishtirok etayotganini ko'rib, uning o'ynashi kerakligini tushunasiz. Agar yo'q bo'lsa, siz ko'rsiz yoki men ko'rman. Sezishimcha, bu er unga chindan ham yoqadi. Maks butun oilasi kabi "Arsenal" muxlisi. Umid qilamanki, u biz bilan uzoq yillar qoladi", - deya Artetaning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.

Bugun "Arsenal" o'z maydonida Liga kubogi doirasida "Brayton"ni qabul qiladi.