Arteta «Arsenal» muxlislarini xursand qiladigan xabar aytdi

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta «to'pchilar» muxlislari uchun xushxabar bilan bo'lishdi. Bu yangilik Leandro Trossarning sog'lig'iga tegishli.
«U bilan hammasi joyida, o'zini yaxshi his qilmoqda, shunday ekan, u maydonga tushishga tayyor», — deya Artetaning so'zlarini keltirmoqda «Arsenal» matbuot xizmati.
Ma'lumot uchun, Trossard so'nggi bor 7 mart kuni maydonga tushgan edi. Belgiyalik futbolchi «Bayer» (1:1) va «Everton»ga (2:0) qarshi bo'lib o'tgan bahslarni o'tkazib yuborishga majbur bo'lgandi.