"Arsenal" APL 21-turida o'z maydonida "Liverpul" bilan nursiz durangga imzo chekdi - 0:0.

O'yindan so'ng mezbonlar ustozi Mikel Arteta muxlislarga murojaat qildi.

"Yana maydonga tushib, kurashamiz. Muhit uchun va jamoani doimo qo'llab-quvvatlayotganingiz uchun katta rahmat. Biz juda kuchli pozitsiyadamiz va shu ruhda davom etishimiz kerak, chunki mavsum endi boshlanmoqda. Bizga sizning qo'llab-quvvatlashingiz kerak," - deya Artetaning so'zlarini keltiradi "Arsenal" sayti.

"Arsenal" Angliya chempionatida peshqadamlik qilmoqda. "Manchester Siti" va "Aston Villa" Mikel Arteta jamoasidan 6 ochko ortda qolmoqda.