Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta germaniyalik hujumchi Kay Xavertsning tiklanish muddati haqida fikr bildirdi.

Hujumchi APL 1-turida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda jarohatlangan edi. Arteta futbolchining yaqin kunlarda safga qaytishini ma'lum qildi.

"Bu haftalar emas, kunlar masalasi [Xavertsning qaytishi]. Keyingi bosqichlarda u o'zini qanday his qilishini kuzatamiz. Kay - bizga juda kerak bo'lgan, jamoani mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadigan o'yinchi," - deya Artetaning so'zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltirdi.

Xaverts 2023 yildan beri "kanonirlar" sayida o'ynamoqda. O'tgan mavsumda forvard APLda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi.