Arteta "Arsenal"dan qachon ketishi mumkinligi ma'lum bo'ldi

Mikel Arteta bir necha yildan so'ng "Arsenal" bosh murabbiyligidan ketishi mumkin. Bu haqda The Athletic jurnalisti Jeyms MakNikolas xabar bermoqda.
Ispaniyalik mutaxassisga yaqin manbalarning aytishicha, u hech qachon murabbiylik ko'prikchasida uzoq vaqt qolishga intilmagan. Ba'zilarning fikricha, u o'n yil davomida "Arsenal"ni boshqarmaydi. Hozir Arteta o'z ishiga butunlay berilib ketgan, biroq ertami-kechmi unga tanaffus kerak bo'lishini tushunib turibdi, shuning uchun u "kanonirlar"ni tark etadi.
Mikel Arteta "Arsenal"ni 2019 yilda qabul qilib olgan. Uning qo'l ostida "kanonirlar" ikki marta Angliya Superkubogi va bir marta Angliya kubogini qo'lga kiritgan.