"Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta APL doirasidagi "Vest Xem"ga qarshi derbi oldidan kadrlar masalasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz Gabrielning mashg'ulotdan keyingi holatini ko'rishimiz kerak. Ko'ramiz, u o'zini qanday his qilarkin, lekin biz unchalik tashvishlanmaymiz. Inkape terma jamoalar o'yinlari uchun tanaffusdan keyin tayyor bo'ladi - unga hali o'ynashga erta. Xaverts, Madueke va Jezus bilan bog'liq vaziyat o'zgarmadi," - dedi Arteta jurnalistlarga.

Avvalroq OAVda Xaverts va Madueke qishga yaqin, Jezus esa 2026 yil boshida safga qaytishi haqida yozishgandi.

"Arsenal" Premer-liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.