Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Premer-liganing 1-turidan o'rin olgan «Koventri Siti»ga qarshi o'yindagi (3:0) shogirdlarining ijrosi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Amaldagi chempionlarga ishonchli g'alabani Kay Xaverts, Bukayo Saka va Martin Edegor tomonidan 15, 23 va 49-daqiqalarda kiritilgan gollar taqdim etdi.

«Ajoyib o'yin bo'ldi, yigitlar barcha maqtovlarga loyiq. Biz maydonda to'liq ustunlik qildik, jipslik bilan harakat qildik va to'pni juda yaxshi nazorat qildik. Bizga qarshi savodli murabbiyga ega va raqibga qanday zarar etkazishni aniq tushunadigan kuchli jamoa o'ynadi, biroq biz so'nggi daqiqalarga qadar ularga hech narsa yaratishga imkon bermadik», — dedi Arteta BBC Match of the Day nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yakshanba kuni «kanonirlar» Angliya Superkubogi bahsida ham «Manchester Siti»ni xuddi shunday 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.

Manba: Stadion.uz