Arshavin: «Men uchun favoritlar — Frantsiya va Ispaniya»

«Arsenal» va Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Andrey Arshavin futbol bo'yicha 2026 yilgi Jahon chempionatiga tashrif buyuradi.
«Men Jahon chempionatiga boraman. Birinchi haftadagi o'yinlarni tomosha qilishni rejalashtiryapman. Men uchun turnir favoritlari — Frantsiya va Ispaniya. Frantsuzlarda ajoyib tarkib yig'ilgan, Ispaniya esa amaldagi Evropa chempioni hisoblanadi», — dedi Arshavin.
Eslatib o'tamiz, turnir 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo'lib o'tadi.