Arshavin: «Mbappe Frantsiya terma jamoasi o'yinini nazorat qilayotgani sezilib turibdi»

Rossiyalik sobiq mashhur futbolchi Andrey Arshavin Madridning «Real» klubi markaziy hujumchisi Kilian Mbappening Frantsiya milliy terma jamoasi uchun qay darajada muhimligini baholadi.
«Ushbu Frantsiya terma jamoasida Kilian Mbappe — bosh figura. U o'yinni, aritmiyani nazorat qilayotgani, to'pni qaerga yo'naltirish, qaerda qanday o'ynash, qaysi vaziyatda pressingga kirishib, qay birida esa to'xtash kerakligini boshqarayotgani yaqqol sezilib turibdi», — dedi Arshavin «Match TV» telekanali efirida.
JCh-2026dagi navbatdagi bahsda frantsuzlar Paragvayga qarshi maydonga tushishadi. Janubiy Amerika vakillari yaqindagina nemislarni sensatsion tarzda musobaqadan chiqarib yuborishgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar