Arshavin: «Frantsiya mag'lub bo'lishi uchun bir o'yinda juda ko'p omillar birlashishi kerak»

Andrey Arshavin «uchranglilar»ning Shvetsiya milliy jamoasi ustidan qozongan g'alabasidan so'ng Frantsiya terma jamoasining darajasini yuqori baholadi.
«Frantsiya terma jamoasida ichki muhit ajoyib, o'yin shakllangan, yulduzlar bor, tarkib kengligi (zaxira kuchi) ham joyida. Frantsuzlar mag'lub bo'lishi uchun birgina o'yinda juda ko'p omillar bir joyga to'planishi kerak», — dedi ekspert «Match TV» efirida.
Arshavinning fikricha, aynan frantsuzlar AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qilayotgan dunyo birinchiligida bosh sovrinni qo'lga kiritishadi.
Pley-offning navbatdagi bosqichida Frantsiya Germaniyani mundialdan sensatsion tarzda chiqarib yuborgan Paragvay terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar