Rossiyalik mashhur sobiq futbolchi Andrey Arshavin "Barselona"ning keyingi murabbiyi kim bo'lishini taxmin qildi. U "ko'k-anorranglilar"ning sobiq futbolchisi Sesk Fabregasni ajratib ko'rsatdi. Hozirda ispaniyalik "Komo" klubiga ustozlik qilmoqda.

"Menga "Komo" yoqadi, chunki unga Sesk murabbiylik qiladi. Fabregas "Barselona"ning navbatdagi murabbiyi deb o'ylayman", - dedi Arshavin.

Avvalroq OAV Fabregasga Evropaning bir qator top-klublari qiziqish bildirayotgani haqida yozgandi.