Londonning "Arsenal" klubi "Yuventus"ga Gabriel Jezusni Jonatan Devidga almashtirish bo'yicha taklif bilan chiqdi. Turinda o'zini ko'rsata olmagan 25 yoshli kanadalik futbolchini "kanonirlar" o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Keksa sinora" rad javobini berdi, deb xabar beradi TuttoJuve. Londonliklarning 28 yoshli hujumchisining jarohatlar tarixi A Seriya grandi vakillarini xavotirga soldi.

Transfermarkt portali mutaxassislari Gabriel Jezusning narxini 20 mln evroga baholamoqda. Yaqindagina futbolchi xochsimon payidan olgan jarohatini davolab, safga qaytdi.

Xuddi shu sayt tomonidan 45 mln evroga baholangan Jonatan Devid o'tgan yozda "Lill"dan erkin agent sifatida "Yuventus"ga o'tgandi.