Londonning «Arsenal» klubi jamoaning o'ng qanot himoyachisi Yurren Timber bilan muzokaralarni boshladi. Futbolchining amaldagi kelishuvi 2028 yilning 30 iyunida nihoyasiga etadi.

24 yoshli o'yinchining bozor qiymati 70 million evroni tashkil etadi. U klub miqyosidagi barcha turnirlarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, to'rtta gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi.

«Kanonirlar» futbolchi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi ekanligi haqida BBC nashri xabar berdi. Avvalroq londonliklar Deklan Raysni ham jamoada olib qolmoqchi ekanliklari haqida ma'lumotlar tarqalgan edi.