"Arsenal" yulduz futbolchidan voz kechdi

Londonning "Arsenal" klubi yanvar oyida "Bornmut" vingeri Antuan Semenoni sotib olish bo'yicha kurashda ishtirok etish niyatida emas.
"Kanonirlar" "giloslar" yulduziga asosiy da'vogarlar qatorida tilga olingan, biroq futbolchi uchun kurashmaydigan ko'rinadi. Jurnalist Rayn Teylorning yozishicha, londonliklar Semenoning shartnomasida ko'rsatilgan 65 mln funt (taxminan 74 mln evro) miqdoridagi tovon pulidan xabardor, ammo jamoada Bukayo Saka va Noni Madueke borligi uchun transferga ehtiyoj sezishmayapti.
Manbaga ko'ra, "Arsenal" qishki transfer oynasida umuman katta transferlarni rejalashtirmayapti.
Bugun Mikel Arteta jamoasi Premer-liga doirasida o'z maydonida "Tottenxem"ni qabul qiladi.