«Lester» vingeri Jeremi Monga hozircha Londonning «Arsenal» klubiga o'tmayapti. «To'pchilar» 16 yoshli futbolchi uchun kurashda favorit hisoblanishadi va mish-mishlarga ko'ra, u bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib ham bo'lishgan.

Arsenal Radar nashrining xabar berishicha, ayni damda klublar o'rtasida kelishuv mavjud emas: «tulqilar» londonliklarning ilk transfer taklifini rad etishgan. Shunga qaramay, transferning amalga oshishi ehtimoli juda yuqori, chunki ingliz futbolchisining o'zi Premer-liganing amaldagi g'oliblari safiga qo'shilishga qaror qilgan.

Transfermarkt ekspertlari Jeremi Monganing transfer qiymatini 15 million evroga baholashmoqda. Yakunlangan mavsumda o'yinchi Chempionship doirasida «Lester» safida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi, biroq bu jamoani kuchlilik jihatidan uchinchi divizionga tushib ketishdan qutqarib qola olmadi.

Manba: Stadion.uz