"Arsenal" yarim himoyachisi Rays "Vest Xem"ga qarshi o'yinda jiddiy jarohatdan qutulib qoldi

"Arsenal" yarim himoyachisi Deklan Rays Angliya terma jamoasi qarorgohiga kelib, umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazmoqda, deya xabar bermoqda The London Standard.
26 yoshli futbolchi APLning 7-turidan o'rin olgan "Vest Xem"ga qarshi o'yinda bel og'rig'idan shikoyat qildi. U 79-daqiqada zaxiraga olindi.
O'tkazilgan tibbiy ko'rikda yarim himoyachining jiddiy jarohat olgani aniqlanmadi.
2025/26 yilgi mavsumda Rays barcha musobaqalarda 10 ta o'yinda 1 ta gol urdi ("Vest Xem" bilan o'yinda) va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Terma jamoa safida 68 ta o'yinda 6 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Angliya terma jamoasi 9 oktyabr kuni Uelsga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.