«Arsenal» yangi vingerni imzolash uchun Trossarning qarorini kutmoqda

Londonning «Arsenal» klubi «Beshiktosh»dan taklif olgan Leandro Trossarning qarorini kutmoqda, shundan so'ng uning o'rniga keladigan o'yinchi masalasi hal etiladi. Belgiyalik futbolchi turk klubi bilan shartnoma imzolashi kerak.
Trossarning o'rniga «kanonirlar» «Bryugge»dan Xristos Tsolis va «Aston Villa»dan Morgan Rojersni ko'rib chiqmoqda.
Fabritsio Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, Rojers «Arsenal» uchun ustuvor maqsad hisoblanadi. Uning bozor qiymati 90 million evroni tashkil etadi.
Tsolis esa 40 million evroga baholanmoqda. Shu bilan birga, gretsiyalik futbolchi «Arsenal»ga o'tishni istamoqda va hozircha boshqa klublardan tushgan takliflarni ko'rib chiqishni to'xtatib qo'ydi.
Avvalroq «Beshiktosh» Trossardga 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilgani xabar qilingandi. Londonliklar ushbu futbolchining transferidan 20 million evro ishlab olishadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar