«Arsenal» yangi transferga yaqin turibdi

Londonning «Arsenal» klubi yaqin vaqt ichida «Bryugge»ning 24 yoshli vingeri Xristos Tsolis transferini yakunlashi mumkin. Bu haqda Talking Highbury xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, kelishuv summasi 41 million evroni tashkil qiladi. Ta'kidlanishicha, «Arsenal» gretsiyalik futbolchini zaxira o'rindig'ini kuchaytirish uchun xarid qilmoqda. Hozirgi paytda u asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko'rilmayapti.
2025/26 yilgi mavsumda Tsolis barcha musobaqalarda 52 ta o'yinda maydonga tushib, 22 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va 29 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Shuni aytish kerakki, Tsolis avvalroq Angliyada o'ynagan. 2021-2024 yillar oralig'ida u «Norvich» klubiga tegishli bo'lgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar