«Arsenal» yana bir ispaniyalik futbolchi uchun 80 million evro sarflashi mumkin

Bilbaoning "Atletik" klubi xavbeki Oyyan Sanset Ispaniya chempionatini Angliya Premer-ligasiga almashtirishi mumkin. Bu haqda Fichajes jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 25 yoshli yarim himoyachini Londonning ikki jamoasi o'z safiga qo'shib olmoqchi. Gap "Arsenal" va "Tottenxem" haqida ketmoqda. Sansetning basklar bilan tuzgan mehnat shartnomasida 80 million evro miqdorida tovon puli ko'rsatilgan. Futbolchining "Atletik" bilan amaldagi shartnomasi muddati 2032 yil iyun oyi oxirida tugaydi.
Joriy mavsumda ispaniyalik yarim himoyachi beshta uchrashuvda ishtirok etdi va o'z hisobiga bitta gol yozdirib qo'ydi.