"Arsenal" Xavertsning tiklanish jarayonidan hayratda

Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Kay Xaverts kutilganidan ertaroq safga qaytishi mumkin.
26 yoshli futbolchi Premer-liga 1-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda tizzasidan jarohat olgan edi. HandofArsenal xabariga ko'ra, klub xodimlari futbolchining reabilitatsiya jarayoniga yondashuvidan "hayratda". Hujumchining tiklanishi yakuniy bosqichda - u tez orada umumiy guruhda to'laqonli ishlashga kirishishi ehtimoli yuqori.
18 oktyabr, shanba kuni "kanonirlar" safarda "Fulxem" mehmoni bo'ladi. Ayni damda Mikel Arteta jamoasi "Liverpul"ni 1 ochkoga ortda qoldirib, musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.