Londonning "Arsenal" klubi hujumkor yarim himoyachisi Fabiu Vieyra faoliyatini Bundesligada davom ettiradi.

25 yoshli portugaliyalik futbolchini "Gamburg" sotib olish imkoniyati bilan 1 yilga ijaraga oladi.

"Kanonirlar" Vieyrani 2022 yilda "Portu"dan 35 million evroga sotib olgandi. Uning shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.