"Arsenal" vingeri Londonning boshqa jamoasiga o'tishi mumkin

"Arsenal" vingeri Ris Nelsonga "Kristal Pelas" qiziqish bildirmoqda.
"Burgutlar" "kanonirlar" vingeri uchun 15 million funt sarflashga tayyor. Jiddiy raqobat tufayli Nelson "Arsenal" safida o'yin amaliyoti olishi juda qiyin bo'ladi.
O'tgan mavsumda u ijara asosida "Fulxem"da harakat qilgan. U 13 ta o'yinda 2 ta gol urib, 1 ta assist bergan.