«Arsenal» Viktor Osimxenni faqat bir shart bilan sotib olishi mumkin

«Galatasaroy»ning 27 yoshli nigeriyalik hujumchisi Viktor Osimxenning londonliklar safiga o'tish ehtimoli juda past baholanmoqda.
Foot Mercato nashri xabariga tayanib Transfer News Live tarqatgan ma'lumotga ko'ra, «Arsenal» futbolchi maosh talablarini pasaytirmaguncha muzokaralarga kirishmaydi. Hozirda Osimxen Turkiya klubida yiliga 20 million evro maosh olmoqda va londonliklar unga bunday moliyaviy sharoitlarni taklif qilish niyatida emas.
Agar nigeriyalik forvard maosh masalasida yon bermasa, katta ehtimol bilan ushbu yozda «Galatasaroy»da qoladi.
Transfermarkt portali Osimxenning bozor qiymatini 75 million evroga baholamoqda, uning turk klubi bilan amaldagi shartnomasi esa 2029 yilgacha mo'ljallangan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar