APLning ikki klubi «Marsel» hujumchisi Meyson Grinvudga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda L’Équipe nashri xabar bermoqda.

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisini sotib olish imkoniyatlarini «Arsenal» va «Tottenxem» klublari ko'rib chiqishga tayyor. Shuningdek, Grinvudga Italiyaning «Roma» klubi ham da'vogarlik qilmoqda.

Manba bergan xabarga ko'ra, Frantsiya klubi ligining moliyaviy talablari sababli ushbu yozda futbolchilarini sotishga majbur bo'lmoqda va aynan 24 yoshli forvard tarkibdagi eng qimmatbaho aktiv hisoblanadi. «Marsel» Grinvudni taxminan 80 million evroga baholamoqda. «Manchester Yunayted» esa avvalgi shartnomadagi qayta sotish bandi tufayli transfer summasining 40 foizini qo'lga kiritishi mumkin.

Yakunlangan mavsumda Grinvud klub miqyosidagi 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 26 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: Stadion.uz