"Arsenal" va "Real" "Bayer" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

Evropaning top-klublari "Bayer" hujumchisi Kristyan Kofanega jiddiy qiziqish ko'rsatishmoqda.
Insayder Florian Plettenbergning ma'lumotlariga ko'ra, "Arsenal" 19 yoshli kamerunlik iqtidorni diqqat bilan kuzatmoqda. Kofane Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida londonliklarga qarshi kechgan o'yinlarda (1:1, 2:0) o'z o'yini bilan "to'pchilar"da katta taassurot qoldirgan.
Shuningdek, Kofane Angliyaning boshqa bir nechta grand jamoalari va Madridning "Real" klubi e'tiborida turibdi. "Bayer" agar yozgi transfer oynasida futbolchi sotiladigan bo'lsa, uning uchun 60-70 million evro atrofida mablag' talab qilmoqchi.
Kristyan joriy mavsum Bundesliganing 24 ta o'yinida maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.