"Marsel"ning iqtidorli hujumchisi Robinio Vas faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, "Chelsi" va "Arsenal" 18 yoshli frantsuzning o'yinlarini kuzatish uchun o'z skautlarini bir necha bor yuborgan.

Vasning taxminiy transferi 18-25 million funtga baholanmoqda. U joriy mavsumda jami 14 ta o'yinda 4 ta gol urib, 2 ta golli uzatma berdi.