«Arsenal», «Tottenxem» va «Aston Villa» Ispaniyadan futbolchi sotib olmoqchi, biroq...

«Real Sosedad» vingeri Ander Barrenechea faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, bir yo'la uchta ingliz klubi 24 yoshli ispaniyalik futbolchining harakatlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Gap «Arsenal», «Tottenxem» va «Aston Villa» klublari haqida ketmoqda.
Hozirgi vaqtda «kanonirlar» futbolchi uchun taxminan 30 million evro atrofidagi dastlabki taklifni tayyorlashmoqda, biroq vingerning shartnomasida ko'rsatilgan 75 million evrolik tovon puli ushbu transfer uchun jiddiy to'siq bo'lishi mumkin.
Yakunlangan mavsumda Barrenechea barcha musobaqalarda jami 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 4 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.