"Arsenal" "Tottenxem" qiziqish bildirayotgan futbolchi uchun poygaga qo'shildi

"Arsenal" "Bryugge" yarim himoyachisi Aleksandr Stankovich transferi uchun kurashga kirishdi.
Caught Offside nashri tarqatgan xabarga ko'ra 20 yoshli futbolchiga "kanonirlar" jiddiy qiziqish bildirmoqda. London klubi murabbiylar shtabiga yosh havbekning o'yin uslubi va etakchilik sifatlari yoqadi.
Ammo muammo shundaki, "Inter"da 2026 yilning yozida Stankovichni 23 million evroga qayta sotib olish varianti bor (2027 yilda summa 25 million evroga oshadi) va milanliklar futbolchi shartnomasidagi ushbu bandni faollashtirmoqchi. Shuningdek, serbiyalik futbolchini "Tottenxem" ham o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Aleksandr Stankovich shu yilning yozida "Inter"dan 9 million evro evaziga "Bryugge"ga o'tgandi. U Belgiya jamoasi safida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.