«Arsenal» to'rtta transfer maqsadini belgiladi: Reshford nishonda

«Arsenal» 2004 yildan beri ilk bor Angliya chempioni bo'ldi va Chempionlar ligasi finaliga qadar etib bordi. Mikel Arteta shogirdlari mavsumni muvaffaqiyatli o'tkazdi, biroq yozgi transferlar oynasida «kanonirlar» baribir tarkibni kuchaytirmoqchi.
Daily Mail sahifalarida «Arsenal»ning transfer rejalari haqida material chop etildi. Unda qayd etilishicha, londonliklar to'rtta pozitsiyani kuchaytirishni maqsad qilgan: chap qanot vingeri, markaziy hujumchi, o'ng qanot himoyachisi va yarim himoyachi.
Ta'kidlanishicha, «Arsenal» hujum chizig'ini Markus Reshford bilan to'ldirishga urinib ko'rishi mumkin. Forvard «Barselona»da qolishni istamoqda, ammo kataloniyaliklarga uni «Manchester Yunayted»dan sotib olish qiyin bo'ladi. Agar transfer narxi maqbul bo'lsa, «kanonirlar» Reshfordni qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'ladi.