«Arsenal» so'nggi 3 yil ichida EChL finaliga chiqqan ilk ingliz jamoasi bo'ldi

«Arsenal» 2023 yildan beri Chempionlar ligasi finaliga chiqqan ilk ingliz jamoasi bo'ldi.
Mikel Arteta shogirdlari hal qiluvchi bahsda «Bavariya» yoki «PSJ» bilan to'qnash kelishadi. Uchrashuv 30 may kuni bo'lib o'tadi.
Shu kungacha finalga qadar etib kelgan APLning oxirgi klubi «Manchester Siti» (2023 yilda) edi. 2023/24 yilgi mavsumning final bosqichida «Real» va Dortmundning «Borussiya»si, 2024/25 yilgi mavsumda esa «PSJ» va «Inter» jamoalari o'zaro kuch sinashishgandi.