"Arsenal" "Sevilya" tayanch yarim himoyachisiga qiziqmoqda

Londonning "Arsenal" klubi "Sevilya" futbolchisi orqali tarkibini kuchaytirishni istamoqda.
Fichajes portali xabariga ko'ra, "kanonirlar" andalusiyaliklarning 23 yoshli tayanch yarim himoyachisi Lyusien Agumega qiziqish bildirmoqda.
Ingliz grandi transferni 26 million funtga amalga oshirish niyatida.
Agume hozirda Transfermarkt portalida 8 million evroga baholanmoqda. Uning shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.