Markaziy himoyachi Vilyam Saliba Londonning "Arsenal" klubi bilan yangi mehnat shartnomasini imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

24 yoshli frantsiyalik futbolchi va "kanonirlar" o'rtasidagi yangi shartnoma 2030 yilning yarmigacha mo'ljallangan. Himoyachining ingliz top-klubi bilan avvalgi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etar edi. Transfermarkt ekspertlari bahosiga ko'ra, Salibaning bozor narxi 80 million evroni tashkil etadi.

Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Vilyam beshta o'yinda ishtirok etdi. Ortda qolgan 6 turdan so'ng "kanonirlar" chempionat turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi.