"Arsenal" Sakani yo'qotdi

Londonning «Arsenal» klubi hujum chizig'i etakchisi Bukayo Saka «Vulverxempton»ga qarshi o'yinda shikastlandi.
24 yoshli futbolchi 5-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qilib, o'zining golsiz seriyasiga chek qo'ygan edi, biroq uchrashuvni oxirigacha etkaza olmadi. 73-daqiqada Mikel Arteta angliyalik futbolchini jarohati sababli majburan almashtirishga qaror qildi. Muammoning nechog'lik jiddiy ekanligi haqidagi batafsil ma'lumotlar keyinroq ma'lum bo'ladi.
Maydonda Bukayo Sakaning o'rnini Leandro Trossar egalladi.