«Arsenal» — Rosenorning «qo'rqinchli tushi»: «Ko'klar» yangi murabbiy qo'l ostidagi barcha mag'lubiyatlarni faqat «to'pchilar»dan qabul qilib olishdi

«Chelsi» Premer-ligadagi g'alabasiz seriyasini uchta o'yinga etkazdi.
Murabbiy Liem Rosenor shogirdlari APLning 28-turi doirasida safarda «Arsenal»ga imkoniyatni boy berishdi (1:2). Bungacha «ko'klar» Angliya chempionatida «Lids» (2:2) va «Byornli» (1:1) jamoalari bilan durang o'ynashgan edi. 4 mart kuni londonliklarni «Aston Villa»ga qarshi safar o'yini kutmoqda.
Umumiy hisobda Rosenor boshqaruvida «Chelsi» 13 ta o'yin o'tkazib, 8 ta g'alaba, 2 ta durang va 3 ta mag'lubiyat qayd etdi. E'tiborli jihati shundaki, ushbu uchta mag'lubiyatning barchasi «Arsenal»dan qabul qilib olingan (bittasi APLda va ikkitasi Liga kubogi yarim finalida).
