«Arsenal» Rojers bilan muzokaralarni tezlashtirmoqda

«Arsenal» «Aston Villa» hujumkor yarim himoyachisi Morgan Rojersning transferini tezlashtirish niyatida.
23 yoshli Rodjers va uning Angliya terma jamoasidagi sheriklarining Jahon chempionatida g'olib chiqish orzulari yarim finalda Argentinadan 1:2 hisobida uchralgan mag'lubiyatdan so'ng barbod bo'ldi.
Biroq Angliya terma jamoasi uyga hali qaytmaydi, ular shanba kuni (18 iyul) Frantsiyaga qarshi uchinchi o'rin uchun bahsda maydonga tushishlari kerak.
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, Jahon chempionati o'z nihoyasiga etayotgani sababli, «Arsenal» «Aston Villa» futbolchisi bilan muzokaralarni jadallashtirishga qaror qilgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar